Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Escape from Tarkov uchun yangi AI tizimi 2027 yilning birinchi yarmida chiqadi

Battlestate Games Escape from Tarkov uchun toʻliq yangilangan AI tizimini 2027 yilning birinchi yoki ikkinchi choragida chiqarishni rejalashtirmoqda.

18-noyabr, 16:48По-русски

Read in English

shazoo.ru

Studiya rahbari Nikita Buyanov bu haqda Insider Gaming nashriga bergan intervyusida aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, qahramonlar xatti-harakatlarini qayta ishlab chiqish 2027 yilda oʻyinga kiritiladigan yirik yangilanishlardan biri boʻladi.

Avvalroq Battlestate Games PvE rejimidagi sunʼiy intellekt boshqaradigan raqiblarni allaqachon oʻzgartirgandi: botlar yangi yoʻnalishlar, jangovar taktika, xatti-harakat modellari va kengaytirilgan buyumlar toʻplamiga ega boʻldi. Yangi tizim nafaqat PvE, balki botlar haqiqiy oʻyinchilar bilan oʻzaro taʼsirlashadigan PvPvE rejimiga ham taalluqli boʻlishi kerak. Studiya hozircha chiqish sanasi va oʻzgarishlar tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media