GitHub GTA 6 ni kompyuterda ishga tushirish urinishlari fonida AnyPS5 loyihasi haqidagi postni oʻchirib tashladi
GTA 6 ishga tushirilishi fonida GitHub 58 000 ta «yulduz» toʻplagan AnyPS5 repozitoriysini tilga olib, oʻyinlarni boshqa qurilmalarga koʻchirish qonunni buzmasmikan, degan savolni oʻrtaga tashladi. Post oʻchirib tashlandi.

Microsoftʼga tegishli platforma dastlab obunachilarini GTA 6 chiqqani va AnyPS5 repozitoriysi 58 000 ta «yulduz»ga yetgani bilan tabrikladi. Postda oʻyinlarni boshqa qurilmalarga koʻchirish qonuniymi, degan savol ham paydo boʻldi.
Postga AnyPS5 ishlab chiquvchisining GTA 6 chiqishiga tayyorgarlik haqidagi xabari aks etgan video ham biriktirilgan. Shu sababli nashr oʻyinni norasmiy tarzda kompyuterda ishga tushirish urinishlarini qoʻllab-quvvatlash sifatida koʻrinishi mumkin edi. Hozirda GTA 6 rasman faqat PS5 hamda Xbox Series X va S uchun mavjud.
Take-Two oʻyinni kompyuterga koʻchirishga urinishlar bilan bogʻliq uy sharoitida ishlab chiqilgan (homebrew) loyihalarni GitHubʼdan oʻchirtirishga intilmoqda. Kompaniya, shuningdek, Xbox Series uchun sizib chiqqan buildning ehtimoliy qayta tiklanishi va emulyatsiya qilinishini ham kuzatmoqda.
Take-Two rahbari Shtraus Zelnik avvalroq kompaniya sunʼiy intellekt yordamida amalga oshiriladigan reverse engineeringga qarshi texnik himoya va huquqiy choralarni kuchaytirayotganini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, norasmiy versiyalar yanada jiddiy muammoga aylanishi mumkin, biroq kompaniya vaziyat ustidan nazoratni saqlab qolishga umid qilmoqda.





