Apple Siri va iPhone ilovalari ishlaydigan aqlli koʻzoynaklar yaratmoqda
Apple Siri va uchinchi tomon ilovalari ishlaydigan aqlli koʻzoynaklar yaratmoqda. Mark Gurmanning aytishicha, ular navbatdagi WWDCʼda taqdim etiladi va 2027 yil oxirigacha sotuvga chiqadi.

Apple loyihasiga koʻra, koʻzoynaklar asosan iPhone uchun qoʻshimcha qurilma sifatida ishlaydi. Bloomberg xabariga koʻra, kompaniya muhandislari qurilma ovozi sifatini «sohadagi eng yaxshisi» deb atamoqda. Koʻzoynaklar Meta Ray-Ban bilan raqobatlashishi kerak.
Apple iOS 27.3 uchun Siri hozirgi Siri Shortcuts buyruqlari doirasidan tashqarida ham uchinchi tomon ilovalari bilan ishlay olishi uchun oʻzgarishlar tayyorlamoqda. Qurilma chiqarilguniga qadar ishlab chiquvchilar mos dasturlar va xizmatlar roʻyxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Koʻzoynaklarning oʻzi ilovalarni ishga tushira olmaydi. Aksariyat funksiyalar uchun ulangan iPhone kerak boʻladi, biroq ichki Wi-Fi ayrim imkoniyatlardan smartfonsiz foydalanishga imkon beradi.
Prototiplar ikkinchi avlod Meta Ray-Ban koʻzoynaklaridan biroz yupqaroq. Ayrim namunalarda kameralar romkaning oval teshiklariga oʻrnatilgan va uning yuzasidan tashqariga chiqmaydi. Old qismida qurilmadan foydalanilayotgani yoki u quvvatlanayotganini koʻrsatuvchi indikator joylashgan. Apple maxfiylikka oid funksiyalarni ham sinovdan oʻtkazmoqda.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


