Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

HarmonyOS 5 va undan yangilari oʻrnatilishi 100 mln.dan oshdi

Wonder Toolbox maʼlumotiga koʻra, 16 noyabrda HarmonyOS 5 va undan yangilari oʻrnatilishi 100 mln.dan oshgan. Huawei bu raqamni hozircha rasman tasdiqlamadi.

16-noyabr, 18:48По-русски

Read in English

ixbt.com

Wonder Toolbox xizmati HarmonyOS 5 va undan keyingi versiyalari 100 mln.dan ortiq oʻrnatilganini qayd etdi. Bu maʼlumotlar Huaweiʼning AppGallery doʻkoni orqali yigʻiladi va har kuni qoʻlda yangilanadi. Shu sababli koʻrsatkich kompaniya tomonidan rasman tasdiqlanishini hali kutmoqda.

2026-yil martida Huaweiʼning isteʼmolchilar boʻlinmasi rahbari Richard Yu HarmonyOS foydalanuvchilari soni qishgacha 100 mln.dan oshishi kerakligini aytgandi. 11 noyabrda 99 mln oʻrnatish haqida xabar berilgan, biroq Huaweiʼning avvalgi baholari tizim oʻrnatilgan qurilmalar soniga taalluqli boʻlib, ularda muayyan versiyalar har doim ham alohida koʻrsatilmagan.

HarmonyOS NEXT deb ham ataladigan HarmonyOS 5 Huawei tomonidan toʻliq ishlab chiqilgan va Android AOSP ochiq kodiga bogʻliq boʻlmagan tizim asosiga ega platformaning ilk versiyasi boʻldi. U Android ilovalarini ishga tushirmaydi, shu bois kompaniya oʻz dasturiy ekotizimini rivojlantirmoqda.

Huawei maʼlumotiga koʻra, 2026-yil iyuniga kelib, dunyo boʻyicha HarmonyOS ishlab chiquvchilari soni 11 mln.dan oshgan, AppGalleryʼda esa 380 mingta ilova va xizmat boʻlgan. Tahlilchilar platformaning 2026-yil birinchi choragida Xitoy smartfon bozoridagi ulushini taxminan 19 foiz deb baholagan. Bu unga mamlakatdagi mobil operatsion tizimlar orasida ikkinchi oʻrinni taʼminlagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media