Nomzodlar ChatGPTʼdan xodimlar kompaniyalar haqida nima oʻylashini soʻraydi
Indeed: nomzodlarning qariyb 70 foizi ish beruvchilarni oʻrganishda generativ sunʼiy intellektdan foydalanadi. Kompaniya madaniyati haqidagi manbalarning qariyb 40 foizi Glassdoor va Indeed.

Nomzodlar ish beruvchilarni tobora koʻproq Claude, ChatGPT va Perplexity yordamida baholamoqda. Shu sababli HR nafaqat kompaniyalarning karyera sahifalari, balki xodimlar sharhlari bilan ham ishlashi kerak. Chatbotlar javoblari kompaniya ularning mazmunini nazorat qilmasa ham, nomzodlarda dastlabki taassurotga taʼsir qilishi mumkin.
Glassdoor bosh maslahatchisi Teylor Medouzning aytishicha, sunʼiy intellekt yangi maʼlumot yaratmaydi, balki avval eʼlon qilingan maʼlumotlarni jamlaydi. U kompaniyalarga audit oʻtkazishni: turli til modellaridan tashkilotda ishlash qanday ekanini soʻrashni va javoblarda paydo boʻladigan muammolarni aniqlab, koʻrib chiqishni tavsiya qiladi.
Keyingi qadam sifatida Medouz ijtimoiy tarmoqlar va sharhlar joylashtiriladigan uchinchi tomon saytlarida xodimlar hamda nomzodlarning haqiqiy savollariga javoblarni eʼlon qilishni taklif etadi. Uning fikricha, kompaniyalar nafaqat kuchli jihatlarini koʻrsatishi, balki kamchiliklarini ham tan olishi muhim. Mehnat madaniyati jamoalar oʻrtasida sezilarli farq qilishi mumkinligi sababli, alohida boʻlimlarga bagʻishlangan materiallar ham tayyorlash kerak.
Sobiq xodimlarning sharhlari ham sunʼiy intellekt uchun qoʻshimcha axborot manbaiga aylanmoqda. Shu bois kompaniyalar xodim bilan mehnat munosabatlari tugatilganda ham uning tajribasini inobatga olishi, shuningdek, xodimlarni ish haqidagi haqiqiy voqealarni boʻlishishga undashi muhim. Medouz taʼkidlashicha, bunday yondashuv obroʻni toʻliq nazorat qilish yoki mukammal obraz yaratish uchun emas, balki nomzodlarning ish beruvchi haqidagi tasavvuriga taʼsir koʻrsatish uchun kerak.





