PHP qoʻllab-quvvatlanadigan barcha versiyalar uchun kritik yangilanishlarni tayyorlamoqda
PHP jamoasi qoʻllab-quvvatlanadigan barcha versiyalardagi, jumladan kritik zaifliklarni bartaraf etadigan yangilanishlarni chiqaradi.

Relizlar PHPʼning muntazam toʻrt haftalik sikli doirasida chiqadi. Kritik muammolar nostandart sozlamalar yoki muhitning noodatiy konfiguratsiyalariga taalluqli.
Tuzatishlar eʼlon qilinishidan oldin ishlab chiquvchilar fayl yuklanishini kuzatishni oʻchirib qoʻyishni tavsiya etmoqda. Buning uchun server konfiguratsiyasida session.upload_progress.enabled=0 qiymatini oʻrnatish va PHPʼning barcha ishchi jarayonlarini qayta ishga tushirish kerak. Sozlamani ilovaning oʻzida oʻzgartirish yordam bermaydi, chunki kuzatuv uning kodi ishga tushishidan oldin boshlanadi.
Zaiflik sessiyalarni saqlashning muayyan formatlari birgalikda qoʻllanganda yuzaga keladi va maxsus tayyorlangan POST-soʻrov orqali serverda kod bajarilishiga olib kelishi mumkin. Agar ilova ishlash jarayonida sessiyalar formatini oʻzgartirmasa, ushbu muammodan himoyalanish uchun kuzatuvni oʻchirib qoʻyish talab etilmaydi.
Texnik tafsilotlar va tuzatilgan versiyalar raqamlari relizlar bilan bir vaqtda eʼlon qilinadi. Yangilanish chiqqach, foydalanuvchilarga oʻz PHP branchi uchun chiqarilgan relizni imkon qadar tezroq oʻrnatish tavsiya etiladi.





