Oʻzbekiston va Yaponiya AKT hamda sunʼiy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Akihiro Sakuray tashrifi yakunida tomonlar AKT va sunʼiy intellekt rivojini muhokama qilib, 2027 yilga hamkorlik mexanizmini kelishib oldi.

Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Akihiro Sakurayning Yaponiyaga tashrifi hukumat va biznes vakillari bilan qator uchrashuvlar bilan yakunlandi. Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligida AKT hamda sunʼiy intellekt sohasidagi keyingi qoʻshma qadamlar muhokama qilindi.
Tokio universiteti huzuridagi Matsuo–Ivasava laboratoriyasi bilan oʻzbekistonlik talabalarni sunʼiy intellektni ishlab chiqish hamda AI-marketing yordamida startaplar yoʻlga qoʻyishga onlayn oʻqitish boʻyicha kelishuvga erishildi. Yaponiya tomoni maʼlumotlariga koʻra, 2026 yildan boshlab dasturga Oʻzbekistondan 80 ga yaqin talaba yozilgan. Laboratoriya tinglovchilar sonini oshirishdan manfaatdor.
Mitsui & Co., Highreso, Value Soft Next Inc., Tokyo Asset Solution va WIT Inc. kompaniyalari bilan Oʻzbekistondagi loyihalar hamda Yaponiya IT kompaniyalarini IT Park Uzbekistan rezidentlari safiga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Bu respublikada IT xizmatlarini birgalikda ishlab chiqish imkonini berishi kutilmoqda. Delegatsiya, shuningdek, ResorTech Expo va Japan Information Technology Exchange Expo koʻrgazmalarida mamlakatning texnologik va investitsiyaviy salohiyatini taqdim etdi.





