Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Claude Epic Games rahbari Tim Suinining akkauntini blokladi

Epic Games rahbari Tim Suini Claude toʻplamlar nazariyasi boʻyicha ishiga toʻsqinlik qilganini, uni distillyatsiyada ayblaganini maʼlum qildi.

27-noyabr, 12:41По-русски

Read in English

goha.ru / images.goha.ru

Suinining aytishicha, u promptlar tuzish uchun Claudeʼning korporativ akkauntidan kuniga 1–2 soat foydalangan. Akkaunti bloklanganidan soʻng u Anthropic modelini keskin tanqid qildi va kompaniyani mijozlar ishiga sabotaj qilishda aybladi.

Anthropic avvalroq Claude filtrlari distillyatsiyadan — bir neyron tarmoqni boshqa neyron tarmoqning javoblari asosida oʻqitishdan — himoya qilishini bildirgan edi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, bunday tizimlar zararsiz soʻrovlarni 0,1 foizdan kam hollarda bloklaydi. Suini dasturlash tillarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi, shu sababli u oʻz ishida matematik toʻplamlar nazariyasidan foydalangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media